Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”

16:01 30 Noyabr 2019 Jamiyat
2336 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Senatning yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida ishtirok etayotgan Samarqand viloyati hokimi, senator Erkinjon Turdimov jurnalistlarga quyidagilarni maʼlum qildi.

- Bugun yangilanayotgan mamlakatimizda OAVni roli juda katta. Bunda mamlakatimizning barcha jabhalarida ochiqlik, shaffoflik taʼminlanmoqda. Yaqinda 22-noyabr kuni muhtaram Prezidentimiz yigʻilishlarida OAV haqida toʻxtalib, matbuot bu faoliyatimizni aks ettiradigan koʻzgu, bu koʻzguga uzoq vaqt eʼtiborsiz qarab keldik, deb mazkur masala boʻyicha alohida topshiriqlar va yoʻnalishlarni belgilab berdilar.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Bugun esa Senatimizni Raisi ham eʼtiborimizni shu masalaga qaratdi. Tan olib aytishimiz kerak, bugungi kunda OAV boʻyicha, umuman, xalqimiz, fuqarolarimiz chiqishlarini, real voqelik, boʻlib oʻtayotgan kamchiliklarga koʻpincha biz befarq qarab, eʼtirozlariga eʼtibor bermasdan, ayrim hollarda qoʻpol munosabatlar boʻlayotgani ham, sir emas. Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak. Muhtaram Prezidentimiz shu prinsipni davom ettirmoqda. Biz bundan oʻrnak olib, mazkur jabhani yanada rivojlantirishimiz kerak. Shaxsan hokimlar bunga oʻrnak boʻlishi kerak. Xalq bilan muloqot va OAV bilan hamkorlikni toʻgʻri yoʻlga qoʻyishi kerak. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?