Erkin kurash. Maqsud Veysalov jahon chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritdi

16:43 14 Avgust 2019 Sport
166 0

Xabar berganimizdek, Estoniyaning Tallin shahrida sport kurashlari boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati davom etmoqda. Quvonarlisi, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada oʻzining dastlabki medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

-97 kilogramm vazn toifasida kechgan erkin kurash bahsida hamyurtimiz Maqsud Veysalov bronza medaliga sazovor boʻldi. Polvonimiz uchinchi oʻrin uchun kechgan kurashda hindistonlik Akash Antiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Bugungi kun dasturida qizlarimiz saralash bosqichidan bahslarga kirishadi. Hamyurtlarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:

-50 kg: Jasmina Immayeva – Mariya Leorda (Moldaviya)

-76 kg: Muxlisa Normoʻminova – Kamile Gausatiye (Litva).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?