Erkak kishi “Yandeks.Taksi” ofisida ustidan benzin quyib, bosh direktor bilan uchrashishni talab qildi

14:05 29 Oktyabr 2020 Dunyo
156 0

Moskvadagi "Yandeks.Taksi" ofisida bir erkak kishi bosh direktor bilan uchrashishni talab qilib, ustidan benzin quyib yubordi. Bu haqda TASS huquq-tartibot idorasidagi manbasiga asoslanib xabar berdi. 

Maʼlum qilinishicha, 29-oktyabr kuni tushdan keyin gʻazablangan odam "Yandeks.Taksi" ofisiga kirib kelgan. U muammoni hal qilish uchun bosh direktor bilan uchrashishni talab qilgan hamda ustidan benzin toʻkkan. Politsiya xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelib, erkak kishini ushlashgan va unga oʻziga oʻzi oʻt qoʻyishiga yoʻl qoʻyishmagan.

“Hozirda erkak kishi hibsga olingan va politsiya boʻlimiga olib borilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, u ”Yandeks.Taksi“da ishlagan”, deyiladi xabarda. 

Ayni paytda hodisa sabablari oʻrganilmoqda. Birinchi aniqlanishicha, taksi haydovchisi va uning sobiq ish beruvchisi oʻrtasida kelishmovchilik boʻlgan. Ichki ishlar vazirligining Moskvadagi Bosh boshqarmasi matbuot xizmati ham voqea faktini tasdiqladi.

Oʻziga oʻzi jabr yetkazishga uringan 45 yoshli fuqaro hozirda tergovda. Tibbiy tekshiruv uchun shifokorlarning maxsus brigadasi ham chaqirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?