Shohjahon Ergashevning raqibi ma’lum bo‘ldi

17:51 18 Iyul 2018 Sport
372 0
Arxiv foto

Ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev 19 avgust kuni Moskva shahrida jang qilishi haqida xabar berib o‘tgandik.

Bugun Ergashevning raqibi ham ma’lum bo‘ldi. O‘zbekistonlik bokschiga navbatdagi jangida ugandalik Juma Vasva raqiblik qiladi. Ushbu jangda Shohjahon o‘zining WBA International kamarini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev professional ringda bungacha 13ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 12tasida esa u raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.

Vasva esa bungacha professional boksda 13 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (4ta nokaut). 2ta jangda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, 1ta to‘qnashuvda durang qayd etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?