Yerdan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan Qonun maʼqullandi

16:00 11 Sentyabr 2020 Siyosat
428 0

Senatning yettinchi yalpi majlisida kun tartibidagi “Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga, Yer kodeksiga, shuningdek “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi, “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Mamlakatimizda mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish, unumdor hududlar va oʻrmon fondini muhofaza qilish nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ekologik nuqtayi nazaridan muhim va dolzarb hisoblanadi. Shu jihatdan mazkur Qonun ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlarning samarasini taʼminlash, sohaning meʼyoriy-huquqiy negizini zamon talablari asosida takomillashtirishga qaratilgan.

Xususan, unda investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan sugʻoriladigan yerlar, shuningdek, lalmi yerlar va oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini ijaraga berishning aniq mexanizmlari belgilanmoqda.

Yana bir jihat. Qonunda yerni ijaraga berish shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinsa, ijarachi shartnomada nazarda tutilgan muddat yakuniga qadar yerdan foydalanish huquqiga ega boʻlishi mustahkamlanmoqda.

Qonun, avvalo, odamlarda yerga boʻlgan munosabatning oʻzgarishi, qoraversa, oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanish borasidagi dolzarb vazifalarning amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?