Yer yuzida yashash uchun yagona boʻlgan xavfsiz joy maʼlum qilindi

21:50 13 May 2020 Dunyo
678 0

Koronavirus infeksiyasining birorta ham holati qayd etilmagan dunyoning eng sovuq maskani boʻlmish Antarktida hozirda “eng xavfsiz“ hudud deb hisoblanmoqda.

“CNN” nashrining taʼkidlashicha, Antarktidada pingvinlar, kitlar, tyulenlar va albatroslardan tashqari boshqa tirik jonzot — mahalliy aholi yoʻq. Ammo, aslida, qitʼada besh mingga yaqin odam yashaydi. Ular 80 ta bazada ishlaydigan olimlar va tadqiqotchilardir.

“Men hozir bu yerda xavfsiz ekanliklaridan xursand boʻladigan birorta inson bor deb oʻylamayman“, deydi Anvers oroli sohilidagi Palmer stansiyasining koordinatori Keri Nelson.

Qayd etilishicha, ushbu maskan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Ikkinchi Jahon Urushidan beri “eng katta qiyinchilik“ deb nomlagan pandemiyadan jugʻrofiy jihatdan ajratilganiga qaramay, Nelson va uning hamkasblari barcha voqealarni doimiy ravishda kuzatib borishmoqda.

“Men vaziyatning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan hamma maʼlumotlarni oʻqiyapman. Vaholanki, dunyoda sodir boʻlayotgan voqealarni kuzatishni shaxsan oʻz burchim deb bilaman”, deydi 2007-yildan beri Antarktidada ishlayotgan Nelson.

Uning soʻzlariga koʻra, baʼzi xodimlar murakkab bugungi davrda odamlarga yordam berish uchun uylariga qaytishga tayyor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?