Yer yuzida oltinchi ommaviy qirilish jarayoni boshlangan. Bu qanchalik xavfli?

23:04 02 Iyun 2020 Dunyo
842 0

Olimlarning taʼkidlashicha, Yer yuzida oltinchi ommaviy qirilish jarayoni boshlangan.

“Proceedings of the National Academy of Sciences” (PNAS) nashri maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi bir necha oʻn yilliklarda biologik xilma xillikning kamayish surʼati tezlashgan.

Turlarning yoʻq boʻlib ketishi tabiiy jarayon, ammo bugungi kunda bu misli koʻrilmagan darajada tez surʼatlarda sodir boʻlmoqda. Shubhasiz, buning sababi inson taʼsiri deb hisobalaniladi.

Tahlillarga qaraganda, 2001-yildan 2014-yilgacha 173 tur butunlay yoʻq boʻlib ketgan, bu esa kutilganidan 25 baravar koʻpdir. Soʻnggi asrda boʻlsa umurtqali hayvonlarning 400 dan ortiq turlari nobud boʻldi. Olimlarning qayd etishlaricha, tabiiy evolyutsiya jarayonida bu holat taxminan 10 ming yil davom etadi.

Olib borilgan kuzatuvlar davomida tadqiqotchilar 29,400 quruqlik yashovchilarning hozirgi holatini tahlil qilishdi va ularning 515 (1,7%) butunlay yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidaligini, tropik va subtropik mintaqalar esa eng zaif hududlar ekanligini aniqlashdi. Taʼkidlanishicha, har bir turning atigi 1000 dan ortiq vakili saqlanib qolgan boʻlib, kelgusi 20 yil ularning taqdirini hal qilishi mumkin.

Olimlar yoʻqolib ketish jarayoni xuddi “domino” prinsipi kabi sodir boʻlishidan xavotirlanishmoqda. Bunda bitta turning yoʻq boʻlib ketishi unga bogʻliq boʻlgan boshqa turning ham nobud boʻlishiga sabab boʻladi.

Maʼlumki, Yer tarixida beshta ommaviy qirilishlar hodisasi kuzatilgan va ularning har birida 70 foizdan 95 foizgacha boʻlgan oʻsimlik turlari, hayvonlar va mikroorganizmlar yoʻq boʻlib ketgan. Ushbu jarayonlarning oxirgisi 66 million yil avval yuz berib, dinozavrlarning ommaviy qirilib ketishiga sabab boʻlgan.

Bularning barchasi atrof-muhitning falokatli oʻzgarishlari, jumladan, global vulqon otilishi yoki Yerga asteroid tushishi bilan bogʻliq boʻlgan. Toʻgʻri, ushbu hodisalardan keyin hayot tiklangan, ammo bunga millionlab yillar sarflangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?