Yer usti metropoliten liniyasida dastlabki relslar yotqizildi

18:09 23 Avgust 2019 Jamiyat
249 0

Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligini Oʻzbekiston temiryoʻlchilari katta bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalarning samarali ijrosi bilan kutib olmoqda. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ maʼlum qildi.

Kuni kecha “Doʻstlik” bekatidan Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan qismida “Ohangaron” bekati yoʻnalishi boʻylab dastlabki relslarni qoʻyish ishlari boshlab yuborildi. Ayni paytda ushbu yoʻnalishga 2 km.dan ortiq poʻlat izlar yotqizildi.

Ushbu yoʻnalish 11 kilometrdan iborat boʻlib, “Doʻstlik”, “Ohangaron”, “Tuzel”, “Iltifot”, “Rohat”, “Yangiobod” hamda “Qoʻyliq” bekatlarini oʻz ichiga oladi. Mazkur metro qurilishida butunlay yangi texnologiyadan foydalanilmoqda. Jumladan, estakadalar uchun monolit usulda beton ustunlar quyish jarayoni oʻzlashtirilib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan materiallardan foydalanilmoqda.

Temiryoʻlchilar Mustaqilligimizning 28 yilligi bayrami arafasida “Doʻstlik” hamda “Ohangaron” bekatidagi qurilish ishlarini toʻliq tugatishni rejalashtirishgan. Buning uchun bekatlarda kechayu kunduz qurilish ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?