YEOII bilan hamkorlikning iqtisodiyotimizga taʼsiri qanday?

17:33 29 Aprel 2020 Jamiyat
375 0

Soʻnggi uch yildan ortiq davrda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda misli koʻrilmagan koʻlamdagi islohotlar amalga oshirildi. Turli sohalarda katta bunyodkorlik ishlari olib borilib, iqtisodiyotimizning jadal suratlarda barqaror oʻsishi, xalq farovonligining izchil oshib borishiga erishildi. Xolis tahlil qiladigan har qanday inson bu ishlarning asosida islohotlar tashabbuskorining chuqur va puxta oʻylagan taraqqiyot strategiyasi turganligini anglashi qiyin emas.

Bugungi kunda sanoatda, qishloq xoʻjaligida, davlat qurilishi yoki ijtimoiy kompleksda, qoʻyinki barcha-barcha sohalarda bu saʼi-harakatlar katta samara berib, hayot tarzimizda oʻz aksini topmoqda. Bu holatni nafaqat mamlakatimiz aholisi, balki koʻplab xorijiy davlat arboblari, mutaxassislari va ekspertlari xam taʼkidlamoqdalar.

Ayniqsa, sogʻliqni saqlash sohasida soʻnggi yillardagi olib borilgan tizimli islohotlar uning samaradorligini keskin oshirish natijasida, malakali kadrlar bilan taʼminlash va yuksak texnologiyalar asosida davolash muassasalarini qayta jihozlash imkonini berdi. Bu oʻz navbatida butun dunyoda kuzatilayotgan koronovirus pandemiyasini yurtimizga kirib kelganida ham juda as qotdi. Ushbu kasallikdan aholini jabr koʻrish darajasining obyektiv koʻrsatgichlari boʻyicha Oʻzbekiston koʻpgina boshqa mamlakatlardan anchagina ijobiy farq qilyapti.

Shu bilan birga, koronavirus balosi kirib kelganda davlatimiz rahbarining oʻz vaqtida qabul qilgan muhim Qarorlari asosida aholini ushbu kasallikdan himoya qilish, zarur hollarda ularni oziq-ovqat va dori-darmon vositalari bilan bepul taʼminlash, karantin cheklovlari davrida faoliyati toʻxtatilgan tadbirkor va fermerlarga moliyaviy koʻmak berish, soliq va kredit toʻlovlari yukini kamaytirishga yordam beradigan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu esa xalqimiz uchun pandemiya davri qiyinchiliklarini yumshatish va iqtisodiyotimiz salohiyatini saqlab qolish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Mamlakatimiz hayotidagi juda dolzarb hamda muhim bir davrda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalasining faol muhokama qilinishi, albatta, ushbu masalaning Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.

Ushbu masala turli darajada davlat boshqaruv organlarida, hududlarda, tashkilot va jamoalarda uzoq vaqt davomida chuqur oʻrganildi. Respublika, viloyat va tuman darajasidagi deputatlarning fikri xam har tomonlama tahlil qilindi. Qonunchilik palatasi ham ushbu masalani oʻz diqqat markazidan qochirmay, koʻp martalab uning muhokamasini mutaxassislar ishtirokida tashkil etdi. “Hukumat soat”larida tegishli mutasaddi rahbarlarning fikr mulohazalari tahlil etildi.

Shu holatdan kelib chiqib, maʼlum bir muddatga kuzatuvchi davlat boʻlib ishtirok etish maqsadga muvofiqdir.

Erkin ZOHIDOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Fan, taʼlim, madaniyat va sport

masalalari qoʻmitasi raisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?