Enter Engineering ishchilariga oylik maosh toʻlamasdan ishlatayotganlik holati Mehnat kodeksi talablarini qoʻpol ravishda buzishdir — deputat

14:27 22 Oktyabr 2020 Jamiyat
491 0

Gʻuzor tumanidagi Uzbekistan GLT zavodini qurayotgan Enter Engineering kompaniyasining ishchilarga oylik maosh toʻlamasdan ishlatayotganlik holati Mehnat kodeksi talablarini qoʻpol ravishda buzishdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 161-moddasida xodimning mehnatiga haq toʻlash har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emasligi belgilab qoʻyilgan.

Vaziyatning shu darajaga yetib kelishiga kompaniya rahbariyati bilan birgalikda mehnat muhofazasi boʻyicha vakolatli organ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va boshqa tegishli tashkilotlarning nazoratsizlik va befarqlikka yoʻl qoʻygani ham sabab boʻlgan deb hisoblaymiz.

Biz ushbu masala boʻyicha vazirlik hamda Qashqadaryo viloyati hokimligidan izoh soʻradik va bugun kun yakuniga qadar muammo ijobiy hal etilishi haqida axborot oldik.

Qisqa vaqt ichida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda viloyat hokimligiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga hisobot berish vazifasi yuklatildi.

Muammo hal etilguniga qadar bu ish deputatlar nazoratida boʻladi.

Odiljon Tojiyev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?