Angliyaning uch nafar futbolchisi Belgiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin

12:02 13 Iyul 2018 Sport
735 0
Fotо: РИА Новости

Angliya terma jamoasining uch nafar asosiy tarkib futbolchisi jahon chempionatining uchinchi o‘rni uchun bo‘ladigan Belgiyaga qarshi bahsda maydonga tusha olmasligi mumkin.

Sky Sports’ning yozishicha, himoyachilar Kiran Trippyer, Kayl Uoker, va yarim himoyachi Jordan Xenderson yarim finalda Xorvatiyaga qarshi o‘yinda jarohat olgan.

Ma’lumot uchun aytib o‘tamiz, 11 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Angliya — Xorvatiya o‘rtasidagi yarim final bahsida Kiran Trippyer hisobni ochgan edi. Ammo ikkinchi qo‘shimcha bo‘limning oxirida jarohat olib maydonni ikki shifokor yordamida tark etgan edi. Xuddi shu o‘yinda Kayl Uoker va Jordan Xenderson ham qo‘shimcha bo‘limda almashtirilgandi. Bunga ularning o‘yin vaqtida jarohat olgani sabab qilib ko‘rsatilgan edi. Uchrashuvda esa yutib turgan Angliya yakunda Xorvatiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Endi Angliya terma jamoasi Belgiya terma jamoasiga qarshi uchinchi o‘rin uchun maydonga chiqadi. Uchrashuv 14 iyul kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?