Yengilmas Bektemir Meliqoʻziyevning navbatdagi jangini oʻtkazadi. Toshkent harbiy okrugi jamoasi unga omad tiladi

18:13 12 Fevral 2020 Sport
549 0

Professional boksning super oʻrta vazn toifasida magʻlubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqoʻziyevning navbatdagi jangi joriy yilning 14-fevral kuni AQSHda boʻlib oʻtadi.

Hamyurtimizga ushbu jangda meksikalik tajribali bokschi Marko Antonio Periban raqiblik qiladi. Bektemir mazkur jangda oʻzining WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi.

Maʼlumot uchun, bokschimiz professional boksda bungacha 4 ta jangda ishtirok etgan boʻlib, ularning barchasini oʻz foydasiga hal qilgan. Eʼtiborlisi, ulardan 3 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Uning raqibi Marko Antonio faoliyati davomida umumiy hisobda 31 ta jang oʻtkazgan boʻlib, bu janglarning 25 tasida uning qoʻli baland kelgan. 5 ta jangda magʻlubiyatga uchragan boʻlsa, 1 jangda durang qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik bokschi oʻzining soʻnggi jangini 2019-yilning 13-dekabrida oʻtkazib, amerikalik Aleksandr Vonni magʻlubiyatga uchratgan edi.

Toshkent harbiy okrugi jamoasi bokschimizga jangda gʻalaba qozonib, yorugʻ yuz bilan yurtimizga qaytishini tilab qoladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?