Yengil sanoat sohasida 2021-yildan qanday yigʻimlar joriy qilinadi?

11:48 18 Sentyabr 2019 Jamiyat
696 0

Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–4453-son, 16.09.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan xomashyoni qayta ishlash asosida bozor talablariga mos toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020–2025-yillarga moʻljallangan maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

Shuningdek, qarorga koʻra, 2021-yil 1-yanvardan:

- bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni olib chiqishda eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida;

-eksport qilinadigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi.

2020-yil 1-yanvardan:

-yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam boʻlmagan eksport ulushiga ega boʻlgan korxonalar 2023-yil 1-yanvargacha mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etiladi;

-toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal, va moʻynachilik korxonalarining foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish boʻyicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi;

- chorva mollarini soʻyish boʻyicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarni ishga tushirayotgan tashkilotlar va terini qayta ishlovchi korxonalar 2023-yil 1-yanvargacha yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;

-“Oʻztoʻqimachiliksanoat” va “Oʻzcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsultantlari Oʻzbekiston Respublikasidagi daromad manbalari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida toʻlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?