Eng zararli va zarari kam smartfonlar aniqlandi

18:09 11 Fevral 2019 Lifestyle
574 0

Illyustrativ foto

Xalqaro Statista tahliliy kompaniyasi ekspertlari tomonidan eng yuqori va past elektr magnitli nurlanish darajasiga ega boʻlgan smartfonlar roʻyxati eʼlon qilindi. Kompaniya oʻz tadqiqotlarida Germaniyaning radiatsiyaviy himoya boʻyicha idorasi(Bundesamt für Strahlenschutz) maʼlumotlariga asoslandi.

Eng kuchli nurlanishga ega smartfon deb Xiaomi Mi A1 rusumi topildi – nurlanish 1 kg.ga 1,75 vattga teng.

Ikkinchi oʻrinda OnePlus 5T(1,68 vatt/kg.), uchinchi oʻrindan Xiaomi Mi Max 3(1,58) joy olgan. Dastlabki oltilikka OnePlus 6T(1,55), HTC U12 life(1,48), Xiaomi Mi Mix 3(1,45) markalari kiritilgan.

Iphone 7 esa 9-oʻrin(1,38), Iphone 8 14-oʻrin(1,32 vatt) boʻldi.

Statista kompaniyasining eʼtiroficha, eng kuchli magnit nurlanishiga ega smartfonlar quyidagilar:

Eng kuchsiz elektr magnit nurlanishiga ega smartfonlar sifatida esa Samsung Galaxy Note 8 va ZTE Axon Elite eʼlon qilindi. Ularning bu boradagi koʻrsatkichi 0,17 vatt/kg.ga teng. LG G7 va Samsung Galaxy A8(0,24), Samsung Galaxy S8+ va Samsung Galaxy S7 Edge(0,26) ham bu borada koʻrsatib oʻtilgan.

Statista kompaniyasining eʼtiroficha, eng kuchsiz magnit nurlanishiga ega smartfonlar quyidagilar:

Eslatib oʻtamiz, SAR – kilogrammga vatt(Vt/kg.) oʻlchov birligi boʻlib, inson tanasi toʻqimalariga bir soniya davomida yutiladigan elektr magnit quvvatining solishtirma koeffitsiyenti hisoblanadi. Mazkur koʻrsatkich bilan mobil telefonlar yetkazadigan zarar darajasi aniqlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?