Eng yaxshi sovgʻa - kitobdir

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19 mart kunidagi yigʻilishda aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish masalasiga alohida toʻxtalib, “Har bir rahbar oʻzining shaxsiy kutubxonasidan oʻzi taʼlim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilsa, bu yaxshi tashabbus boʻlib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi”, deb taʼkidladi.
Prezidentimizning bu tashabbuslari respublikamizdagi vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik tomonidan katta ishtiyoq bilan kutib olindi. 27 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi Rustambek Qurbonov oʻzlari taʼlim olgan poytaxtimizdagi 17- umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib, maktab uchun oʻz shaxsiy kutubxonasidan 50dan ortiq kitoblar sovgʻa qildi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Maktab rahbariyati va oʻqituvchilari bilan boʻlgan uchrashuv chogʻida maktabning sobiq oʻquvchisi R.Qurbonov oʻzi oʻqigan davrni, taʼlim bergan murabbiy oʻqituvchilarni hurmat bilan tilga oldi, oʻsha davrlardagi qiziqarli voqealarni gapirib berdi.
Maktab maʼmuriyati sovgʻalar uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi, qilingan muruvvat yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga katta turtki boʻlishini taʼkidlab, maktabni bitirib ketgan va yurtimiz ravnaqiga katta hissa qoʻshgan sobiq oʻquvchilar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil qilishga kelishib olindi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: