Eng yaxshi kitobxon maktab jamoasi 100 million soʻm bilan taqdirlandi

16:06 11 Yanvar 2020 Jamiyat
391 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Abdulaziz Yoʻldoshev/Samarqand. Prezidentimiz tomoni ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning biri — aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib etishga qaratilgan.

Samarqand viloyat hokimi E. Turdimov ushbu tashabbusni keng hayotga tatbiq etish, har bir oila va mahallalarda, umumtaʼlim maktablarida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida qator koʻrik-tanlovlar oʻtkazilishi taklifini bildirgan edi. Ana shundan kelib chiqib, viloyatda “Eng yaxshi kitobxon maktab” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Viloyat hokimligi, xalq taʼlimi boshqarmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tanlovda dastlab tuman va shaharlar miqyosida oʻtkaziladi. Unda gʻoliblikka erishgan 16 ta jamoa gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

Qizgʻin bahs-munozalarga boy oʻtgan tanlov yakunida Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Mazkur maktab jamoasiga 100 million soʻm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ikkinchi pogʻonani band etgan Paxtachi tumanidagi 24-umumtaʼlim maktabi jamoasi kompyuter jamlanmasi bilan taqdirlandi. Uchinchi oʻringa sazovor boʻlgan Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiga noutbuk taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?