“Eng obod maktab” tanlovining gʻoliblari taqdirlandi

18:18 31 May 2019 Jamiyat
282 0

Umumtaʼlim maktablari oʻrtasida eʼlon qilingan “Obod maktab” ekologik oyligi doirasida “Eng obod maktab” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi.

Mazkur oylik doirasida umumtaʼlim maktablari oʻrtasida “Eng obod maktab” tanlovi oʻtkazilib, unda 200 dan ortiq taʼlim muassasalari faol qatnashdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy bosqichlarida gʻolib boʻlgan taʼlim muassasalari oʻquvchilarining 42 ta ijodiy videolavhalari vazirlikning saytiga joylashtirildi.

Eng koʻp ovoz toʻplagan taʼlim muassasalarining 14 nafar aʼzosi gʻolib deb topilib, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?