Eng koʻp qurol sotayotgan va sotib olayotgan mamlakatlarning nomi maʼlum boʻldi

17:27 09 Mart 2020 Dunyo
430 0

Foto: gazeta.ru

AQSH va Rossiya 2015 — 2019-yillarda asosiy qurol eksport qiluvchi mamlakatlar boʻldi.

Bu haqda Stokgolm Xalqaro tinchlik tadqiqot instituti hisobotida maʼlum qilindi. 

Manbaga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlarining harbiy eksporti ulushi besh yil ichida 23 foizga oʻsgan va global eksportning 36 foizini qayd etgan. Rasmiy Vashington 96 davlatga qurol sotgan. Asosiy xaridorlar Yaqin Sharq mamlakatlari hamda Saudiya Arabistoni boʻlgan.

Mazkur davrda Rossiyaning global eksportdagi ulushi 21 foizni tashkil etgan. Mamlakatning asosiy xaridorlari (55 foiz) Hindiston, Xitoy va Jazoir boʻlgan. Rossiya bu davrda 47 mamlakatga qurol eksport qilgan.

Fransiya va Germaniyaning esa harbiy eksportdagi ulushi mos ravishda 7,9 va 5,8 foizni tashkil etgan. Xitoy 5,5 foizlik koʻrsatkich bilan beshinchi oʻrinni egalladi.

2015 — 2019-yillarda qurol-yarogʻning asosiy importchilar Saudiya Arabistoni, Hindiston, Misr davlatlari boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?