Eng koʻp qonunbuzilish holatlari sogʻliqni saqlash, gaz taʼminoti va kadastr idoralari tomonidan yoʻl qoʻyilgan

14:12 28 Oktyabr 2020 Jamiyat
145 0

Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish boʻlimi tomonidan 2020-yilning oʻtgan davri mobaynida davlat xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha jami 7 ming 870 ta qonunbuzilish holati aniqlangan.

«Ularning 5 ming 535 tasi muddatni buzish, 253 tasi toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat koʻrsatish, 19 tasi asossiz rad qilish, 1 tasi ortiqcha hujjat talab qilish va 2047 tasi boshqa tusdagi qonunbuzilishlarni tashkil qiladi.

Eng koʻp qonunbuzilish holatlari boʻyicha birinchi uchlikdan 2118 ta holat bilan sogʻliqni saqlash muassasalari, 1939 ta holatda «Hududgaz Andijon» gaz taʼminoti filiali korxonalari hamda 1629 ta qonunbuzish bilan yer resurslari va davlat kadastri idoralari joy olishgan.

Keyingi oʻrinlarda esa elektr tarmoqlari (854 ta), boshqa nazorat qiluvchi idoralari (MIB) (449 ta), boshqa kommunal xizmat koʻrsatuvchi idoralar (224 ta), Qurilish va arxitektura idoralari (169 ta), taʼlim muassasalari (117 ta), hokimlik (92 ta), soliq idoralari (72 ta), moliya idoralari (65 ta), tijorat banklari (20 ta), bandlik va mehnat munosabatlari hamda ijtimoiy taʼminot idoralari (24 ta) hamda boshqa tashkilotlar (97 ta)da muddatni buzish, toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat koʻrsatish, asossiz rad qilish va boshqa tusdagi qonunbuzilish holatlari qayd etilgan.

Qayd etish lozim, 156 nafar huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, davlat xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarining mansabdor va masʼul xodimlaridan 98 nafari maʼmuriy jazoga tortilgan.

Shuningdek, oʻz vazifasiga eʼtiborsizlik bilan qaragan 31 nafar xodimga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanilgan.

Sultonbek ISAQOV,
Davlat xizmatlari agentligi
Andijon viloyat boshqarmasi boʻlim boshligʻi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?