“Eng ilgʻor mutaxassis” armiya oʻyinlariga start berildi

22:49 18 Avgust 2020 Jamiyat
877 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Bugun, 18-avgust kuni Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Men gʻolib” shiori ostida oʻtkaziladigan “Eng ilgʻor mutaxassis” armiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va musobaqalarga start berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Toshkent harbiy okrugiga qarashli “Chirchiq” dala-oʻquv maydoni tong sahardan harbiy xizmatchilar, ishtirokchi jamoa vakillari, davlat va jamoat tashkiloti xodimlari, faxriylar hamda yoshlar va mahalliy aholi bilan gavjum boʻldi. Albatta, bularning bari karantin talablariga toʻla rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.

Ochilish marosimi avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Kurbanov oʻz tabrik soʻzida barcha jamoalarga omad tilab, bu kabi musobaqalar harbiy xizmatchilarning jangovar qobiliyatini oshirishi, qolaversa, yoshlar qalbida ona Vatanga boʻlgan muhabbat, harbiy xizmatga esa havas uygʻotishini taʼkidlab oʻtdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Shundan soʻng saf maydoni boʻylab Harbiy parad uyushtirildi. Jangovar texnikalarning birin-ketin olib oʻtilishi ham kuzatuvchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Ayniqsa, musaffo osmon uzra shou koʻrsatgan harbiy aviatsiya hamda havo desantchilarining parashyut bilan sakrash mashqlari yurtdoshlarimizga oʻzgacha zavq ulashdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Shu bilan jamoalar “Tank biatloni” musobaqasiga kirishdi. Shiddatli bahslarga boy boʻlgan bellashuv yakuniga koʻra, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti vakillari ikkinchi oʻringa sazovor boʻlgan boʻlsa, birinchi va uchinchi oʻrinlarga Markaziy harbiy okrug jamoalari ega chiqib, mutlaq gʻolib boʻldi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Gʻoliblarga Mudofaa vaziri tomonidan medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Shuningdek, “Chirchiq” dala-oʻquv maydonida “Jangovar mashinalar biatloni”, “Armiya biatloni”, “Oʻq otish sporti” va “Tosh koʻtarish” musobaqalari boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqalar shu yilning 22-avgustiga qadar Toshkent harbiy okrugi “Chirchiq” dala-oʻquv maydoni va Markaziy harbiy okrugning «Sazagan» hamda “Kattaqoʻrgʻon” poligonlarida davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?