Energetika vazirligi tomonidan uyushtirilgan media tur (Fotoreportaj)

09:26 25 Sentyabr 2019 Jamiyat
253 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Energetika vazirligi tomonidan uyushtirilgan media tur davomida Taxiatash IES da quvvatlari 230-280 MVt boʻlgan ikkita bugʻ – gaz qurilmasi qurilishi” xalqaro loyihasi bilan xorijiy va mahalliy jurnalistlar tanishdi.

Unda Taxiatash IES rahbariyati va qurilishda ishtirok etayotgan chet el tashkiloti vakillari qurilish, montaj ishlari borasida jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

  • Barpo etilayotgan “Issiqlik Elektr Stansiyasi” ning yangi loyihasi yoqilgʻi gazini tejash bilan birga atrof muhitga yetkazilayotgan zararni keskin kamayishiga xizmat qiladi. Bu loyihaning umumiy qiymati 678,2 mln AQSH dollari. Loyiha natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatlarini uzluksiz sifatli yeelektr energiyasi bilan taʼminlay oladi, - deydi. “Issiqlik Elektr Stansiyalari” AJ Matbuot kotibi Rustam SHAMSIYEV
  • Men Ozarbayjondan – Oʻzbekistonga kelishim bilan bu yurtdagi kishilarning Oʻzbekona lutfiga qoyil qoldim. Hatto taksi haydovchisidan tortib .mehmonxona xizmatchisining muomalasigacha. Toshkent ,Nukus va Buxoro shaharlarida boʻlib shuni ayta olamanki mamlakatingizda ayrim davlatlar bilan solishtirganda turizm jadal rivojlanmoqda. Men safarim davomida mamlakatingiz Energetika vazirligining joylardagi oʻzgarishlarini yaʼni rivojlanayotganligini guvohi boʻldim,- deydi Faxri VAKILOV TREND.AZ muxbiri.
  • Bu media turda men uchun yana bir imkoniyat boʻldi yaʼni mamlakatingiz madaniyati ,urf-odatlari ,qadimiy arxitekturasi, muzeylari va etnografiyasini xam urgandim. Buxoroni koʻrish orzuyim edi men bunga erishganimdan xursandman. Gazni qazib olib uni qayta ishlab tayyor mahsulot olish jarayonining oʻzi katta taassurot qoldirdi ,oʻz maqolalarimda bu haqda alohida yoritaman. Oʻylaymanki chet ellik investorlar oʻzlarining yangiliklari va gʻoyalari bilan tashrif buyurishadi va bunga mamlakatingizda sharoit va imkoniyatlar bor, - deydi biz bilan suhbatda John GAWTHROP. ARGUS MEDIA muxbiri.

Media turda ishtirok etayotgan jurnalistlar jamoasi ,qadimiy va navqiron Buxoroning tarixiy obidalariga sayohat qilish davomida taassurot hamda fikrlarini biz bilan oʻrtoqlashishdi.

Buxorodagi qadimiy Arkni tomosha qilgan xorijiy jurnalistlar ,qadami uzilmayotgan sayyohlar va mehmonlarning shovqinidan uchib ketmay raqamli televizor orqasida bolalarini bagʻriga olib turgan “ musichani ” hayratlari oshib takror takror suratlarga olishdi.

Media Tur davom etmoqda

Hasan Paydoyev  Xalq soʻzi ” muxbiri


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?