Energetika “Ipak yo‘li” nima degani?

18:48 13 Iyun 2018 Dunyo
108 0

Ozarbayjondan tabiiy gazni Turkiya va Yevropaga yetkazib beradigan Transanatoliya gaz quvuri(TANAP)ning ochilish marosimi Turkiyaning Eskisheher shahrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Anadolu.

“TANAP – umumiy sa’y-harakatlarimiz natijasi, yangi loyihalar darakchisidir”, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an va mazkur gaz quvuri energetika “Ipak yo‘li” ekanligini eslatib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu gaz quvurining boshlang‘ich o‘tkazish quvvati yiliga 16 milliard kub metrga teng. Tabiiy gazning asosiy qismi(10 milliard kub metri) Yevropaga yuboriladi.

Erdo‘g‘an TANAP sharofati bilan mamlakat ishlab chiqarishdan iste’molchigacha bo‘lgan energetika zanjirining har bir bosqichiga hissa qo‘sha oladigan mamlakatga aylanganini qayd etdi.

Tantanali marosimda Turkiya rahbaridan tashqari Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, shuningdek, Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov, BP kompaniyasi bosh ijrochi direktori Robert Dadli, qator davlatlar energetika vazirlari va boshqalar ishtirok etdi.

Poroshenko yangi gaz quvuri orqali gaz Ukrainaga ham borishiga umid bildirdi va TANAP Yevropa energetika xavfsizligini ta’minlashga katta hissa qo‘shishini ham ta’kidladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?