Endilikda ichki ishlar organlariga ishga kirish uchun psixolog suhbatidan oʻtish kerak boʻladi

Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti tuzildi.
Departamentning asosiy vazifalari etib respublikada kriminogen vaziyatni tizimli tahlil qilish va prognoz qilish, ichki ishlar organlari faoliyatini jinoyatchilik holati va unga qarshi kurashish natijalarini oʻrganish asosida rejalashtirish, ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash, ularni kompleks tekshirish va nazorat qilish, amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish, shu jumladan ish natijadorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish belgilandi.
Ichki ishlar organlarining hududiy, harbiy va sohaviy tuzilmalari, shuningdek, idoraviy oliy taʻlim muassasalaridagi xavfsizlik boʻlinmalari ichki ishlar vaziri boʻysunuviga oʻtkazildi.
Tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining kadrlar boʻyicha oʻrinbosarlari tegishlicha tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga oʻzgartirilib, ularga shaxsiy tarkib oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va xodimlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni oʻz vaqtida aniqlash vazifasi yuklatildi.
Barcha darajadagi ichki ishlar organlari boshliqlari boʻysunuvidagi shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlar, shuningdek, ularning oilaviy-maishiy muammolarini doimiy oʻrganish va hal etish boʻyicha ishlar samaradorligi uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilandi.
Qaror bilan ichki ishlar organlari tahliliy va yuridik taʻminlash boʻlinmalariga birinchi marotaba xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar qabulning dastlabki tanlov imtihonlaridan ozod etildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlarining qabul va attestatsiya, shu jumladan maxsus unvonlarni berish boʻyicha komissiyalari faoliyatida psixolog-mutaxassislar ishtirok etishi va ular individual suhbat oʻtkazish natijasi boʻyicha har bir nomzod va xodim boʻyicha yakuniy qaror qabul qilishda hisobga olinadigan xulosa berishi belgilandi.
Qaror bilan Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti tashkil etildi.
Bundan tashqari qarorga muvofiq “Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun” idoraviy koʻkrak nishoni taʻsis etildi.
Ushbu koʻkrak nishoni bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash, shaxslarni qidirish va kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan ichki ishlar organlari, shu jumladan xorijiy politsiya tuzilmalari xodimlari va harbiy xizmatchilari mukofotlanadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi tuzilma xodimlarining yangi maxsus kiyim-boshi, atributikasi va farqlovchi belgilari ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish, rotatsiya va yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibi soddalashtiriladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: