Endi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini 30 yoshgacha bo’lgan qizlar olishi mumkin

22:01 30 Mart 2018 Hujjatlar
2095 0

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son «Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi Farmoniga o’zgartirishlar kiritish haqida"gi Prezident Farmoni (29.03.2018 y. PF-5389-son) qabul qilindi.

Hujjatga ko’ra:

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga ikkitadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida ta’lim, fan adabiyot, madaniyat, man’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o’n to’rt yoshga to’lgan va o’ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladigan;

Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo’lgan o’quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo’nalish va ixtisoslik bo’yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadigan bo’ldi.

Eslatib o’tamiz, Mukofot ilgari har bir hudud vakilasiga bittadan berilar edi. Shu bilan birga, adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun 14 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan iqtidorli qizlarga berilar edi.
Bu haqda Adliya vazirligining “Huuquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019