Endi jismoniy shaxslar ham taksichilik qilishi mumkin boʻladi

15:14 26 Mart 2019 Jamiyat
771 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga mamlakatda taksilar faoliyatini yanada takomillashtirishga oid hujjat loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra, 2019 yilning 1 iyulidan jismoniy shaxslarga toʻrt kishidan ortiq boʻlmagan yoʻlovchi oʻrindiqli yengil avtomobillarda yoʻlovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda ular YATT sifatida elektron platforma orqali operatorlar bilan shartnoma imzolagan boʻlishi kerak.

Avtomobilni muayyan rangga boʻyash shart emas, yopishadigan materiallar bilan avtomobil eshiklariga, kapotiga va yana qayerigadir taksi belgilari tushiriladi.

Yoʻnalishsiz taksi sifatida foydalanishga moʻljallangan yengil avtomobillarning ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi.

Hujjat loyihasida turli platformalar orqali xizmat koʻrsatadigan yuridik shaxslarga ham talablar belgilanmoqda. Masalan, masala oʻz maqomi toʻgʻrisida internetga batafsil axborot joylashtirishi kerak boʻladi. Serverlari Oʻzbekistonda joylashgan boʻlishi kerak, soliq va boshqalar toʻlovlarni toʻlash talab qilinadi.

Yuridik shaxslar taksilari yoʻl yoqasidagi parkovkalar, aeroportlar, vokzallar, avtostansiyalar, savdo markazlari hamda markaziy bozorlar parkovkalaridan bepul foydalanish huquqiga ega.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?