Endi yuridik shaxslarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyati litsenziyalanadi

17:05 29 Oktyabr 2019 Jamiyat
389 0

Oliy Majlis quyi palatasining 2019-yil 29-oktyabrda boʻlib oʻtgan majlisida koʻrib chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222-II-sonli qarorining 1-ilovasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi parlament aʼzolari tomonidan atroflicha muhokama etildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, yuridik shaxslar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyati litsenziyalanishini belgilab qoʻymoqda.

Xorijiy mamlakatlarning ayni yoʻnalishdagi qonunchiligi, xususan, Rossiya Federatsiyasi va Belarus davlatlarining “Atom energiyasidan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunlari normalari oʻrganilganida atom energiyasidan foydalanish sohasi litsenziyalanishi belgilangani maʼlum boʻldi. Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 20-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida olib boriladigan faoliyat litsenziyalanishi koʻzda tutilgan.

Shu munosabat bilan, mazkur qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222-II-sonli qarorining 1-ilovasiga yuridik shaxslar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida olib boriladigan faoliyat litsenziyalanishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.

Qonun deputatlar tomonidan biryoʻla uch oʻqishda qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?