Endi UZCARD plastik kartochkalarini naqd pul orqali toʻldirish imkoniyati yaratildi

12:44 21 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
565 0

Endi Uzcard karta eagalarida oʻz plastik kartalarining hisobini pul mablagʻi bilan toʻldirish uchun unga xizmat koʻrsatayotgan bankga borish ehtiyoji qolmadi, deya xabar bermoqda Yagona umumrespublika protsessing markazi.

Tashkilot ayni vaqtda cash-in funksiyalarini qoʻllab-quvvatlovchi yangi bankomatlarni taqdim etgan boʻlib, NCR SelfServ 6632 rusumidagi yangi bankomatlar orqali Uzcard kartani mustaqil ravishda naqd pul mablagʻi bilan toʻldirish imkoni yaratilgan.

Bunga qadar bankomatlar cash-out funksiyasi orqali faqat naqd pulni yechib olishi mumkin edi. Endilikda mazkur bankomatlarga naqd pul tashlash orqali plastik karta hisobini toʻldirish mumkin boʻladi.

Hozirgi vaqtda bunday funksiyadagi Agrobank, Xalq banki, Ravnaq-bank, KDB, Hi-Tech bank bankomatlari xizmat koʻrsatmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?