Endi terminal orqali amalga oshirilgan to‘lovni bekor qilish mumkin

14:19 19 Iyul 2018 Iqtisodiyot
488 0

Yagona umumrespublika protsessing markazi mutaxassislari tomonidan ko‘p xususiyatli “Xalqaro to‘lov tizimi” nomli dasturiy ta’minot o‘rnatilgan barcha Uzcard POS-terminallarida “Tranzaksiyani bekor qilish” qo‘shimcha funksiyasi faollashtirildi.

Ushbu funksiya terminalda amalga oshirilgan xato tranzaksiyalarni hamda iste’molchi istagiga binoan, mahsulotni to‘lov punktiga qaytarish uchun to‘lovni bekor qilishda ishlatiladi. POS-terminallarda Uzcard kartasi orqali kun bo‘ylab amalga oshirilgan tranzaksiyalar hisobi yuritilgunicha barcha tranzaksiyalarni bekor qilish imkoni mavjud.

To‘lov punktlari egalari uchun ma’lumot:

- ushbu dasturiy ta’minotni Uzcard POS-terminallariga o‘rnatish uchun Sizga xizmat ko‘rsatayotgan bankingizga murojaat qiling;

- “Xalqaro to‘lov tizimi” dasturi bir necha daqiqalarda o‘rnatiladi;

- yangi funksionalning qo‘llanmasi bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq;

- “Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasini Uzcard kartalari orqali to‘lov amalga oshirilgan kuni davomida (ya’ni, bir kun ichida) amalga oshirish mumkin;

- “Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasini xalqaro plastik kartalari orqali to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 16:00 gacha amalga oshirish mumkin;

- “Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasini Uzcard va xalqaro plastik kartalari uchun “Hisob-kitobni tekshirish” funksiyasi amalga oshirilgunicha qo‘llash imkoni mavjud;

- bahsli vaziyatlarda Sizga xizmat ko‘rsatayotgan bankingizga murojaat qilishingiz o‘rinli.

Yangi amaliyot Uzcard karta egalari uchun bir qator qulayliklarni taqdim etadi:

- tranzaksiyaga tegishli chek taqdim qilinganida Uzcard, UnionPay va MasterCard plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni bekor qilish imkoni;

- tranzaksiyaga tegishli chek taqdim qilinganida Uzcard, UnionPay va MasterCard plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni bekor qila olish imkoni.

Ta’kidlash joizki, “Xalqaro to‘lov tizimi” dasturiy ta’minotini qo‘llab-quvvatlovchi barcha POS-terminallar UnionPay va MasterCard to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi plastik kartalariga Uzcard kartalari qatori xizmat ko‘rsatadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?