Endi tadbirkorlarga yer uchastkasi 50 yilgacha ijaraga beriladi

19:01 02 Avgust 2018 Iqtisodiyot
604 0
Illyustrativ foto

2018 yil 1 oktyabrdan investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratishning yangi mexanizmlari joriy etiladi. Endilikda tadbirkorlarga yer uchastkasi 50 yilgacha ijaraga beriladi.

Mehmonxonalar, savdo obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar majmualari, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, yo‘l infratuzilmasini yaratish uchun yer uchastkalari auksion orqali sotiladi va shundan so‘ng egalik huquqi rasmiylashtiriladi.

“Mahalliy hokimliklariga investorlar bilan 10 mln. AQSH dollarigacha bo‘lgan investitsiya loyihalari bo‘yicha shartnomalar tuzish vakolati ham berildi. Bu ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash imkonini beradi”, deydi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Adham Turdiyev.

Mazkur yangi tartiblar davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan mustahkamlab qo‘yildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?