Endi qimmatbaho metallni qazib olish uchun yuridik shaxs tashkil etish talab etilmaydi

11:57 13 Fevral 2019 Jamiyat
463 0

Hukumatning ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritildi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanish mumkin boʻlgan faoliyat turlariga kiritildi.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan beriladi.

Ushbu qoʻshimchalar 2019 yil 1 martdan kuchga kiradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?