Endi navbat uzunligi 220 metr boʻlgan kabob tayyorlashga

17:36 13 Sentyabr 2018 Dunyo
685 0
Foto: vm.ru

Qozogʻistonning Oqmola viloyatidagi mahalliy parrandachilik fabrikasi xodimlari yangi rekord oʻrnatishmoqchi.

Buning uchun korxonaning 200dan ortiq ishchisi 28 sentyabr kuni tovuq goʻshtidan uzunligi 220 metrlik kabob tayyorlashadi. U taxminan 3000 kishiga yetadi. Tadbirga rekordni roʻyxatga olish uchun Ginnesning rekordlar kitobi vakillari taklif etilgan.

Shu boʻyicha bundan oldingi rekord 2007 yil Singapurda oʻrnatilgandi. Oʻshanda 140 metrlik kabob pishirilgan edi.

Qozogʻistonliklar bu natijaga natijaga erishish uchun 400 kg.dan ortiq tovuq goʻshtidan foydalanishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?