Endi mobil telefonga tasvirga olinga yoʻllardagi qoidabuzarliklar uchun ham jarima qoʻllanadi

11:24 12 Noyabr 2020 Hujjatlar
230 0

Hukumatning tegishli qarori bilan yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga oid amaldagi tartibga oʻzgarish kiritildi.

Unga koʻra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab videoregistratorlar bilan birga videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Ilgari faqat videoregistratorda tasvirga tushirilib, yuborilgan tasvirlargina koʻrib chiqilar, lekin boshqa videotexnikalar, xususan mobil telefonlarda olingan videolar jarima qoʻllash uchun asos boʻla olmas edi.

Fuqarolar huquqbuzarlik tasvirga tushirilgan videolarni ejarima.uz sayti orqali vakolatli organga yuborishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?