Endi maktablar faqat bevosita Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajaradi

O‘qituvchining asosiy vazifasi bolalarga bilim berish. Lekin shu paytgacha ularning turli ishlarga jalb etilishidan tashqari ularni tez-tez turli majlislarga chaqirish, turli qog‘ozlarni to‘ldirishga majburlash amaliyotning keng yoyilgani o‘qituvchining o‘z ustida ishlashga deyarli vaqti qolmasligiga sabab bo‘ldi. Axir darsdan keyin to‘rt soatlab turli hisobotlar to‘ldirgan odamning boshqa ish qilishga vaqti ham qolmaydi. Bunday salbiy holatlarga endi butunlay chek qo‘yish kerak.
Ushbu fikrlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq ta’limi tizimini tubdan o‘zgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlab Bosh vazir A.Aripov rahbarligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bildirildi, deyiladi O‘zA xabarida.
Bosh vazir Prezidentimizga ham ma’qul kelmayotgan bu kabi ishlarga Xalq ta’limi vazirligiga tayinlangan yangi rahbarlar chek qo‘yishi zarurligini ta’kidladi. Bu borada yangi vazir Sh. Shermatovga zarur topshiriqlar berildi.
Bundan buyon maktablar faqat bevosita Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajaradi. Hokimlar yoki boshqa mansabdor shaxslar ta’lim tizimiga o‘z hukmini o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayniqsa, ular tomonidan xalq ta’limi tizimi xodimlarini majlislarga chaqirish man etiladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: