Endi maxsus dastur orqali valyutani onlayn ayirboshlash mumkin bo‘ladi

14:27 09 Iyul 2018 Iqtisodiyot
486 0
Foto: nvdaily.ru

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizom bilan rezident jismoniy shaxslarga tijorat bankining maxsus dasturidan foydalangan holda chet el valyutasini sotib olish, sotish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati berilmoqda.

Bunda rezident jismoniy shaxslar maxsus dasturni kompyuter qurilmasiga (shu jumladan, planshet, mobil telefon va boshqa qurilmalar) yuklab oladi hamda undan foydalanadi.

Tijorat bankining maxsus dasturdan foydalangan holda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishlari uchun jismoniy shaxs nomiga bank kartasi va xalqaro to‘lov kartasi ochilgan bo‘lishi lozim.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?