Endi xorijda ishlayotganlarga ham ish staji yoziladi

11:00 06 Iyul 2018 Jamiyat
859 0
Illyustrativ foto

Endi xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ham qonunchilik doirasida ish staji yoziladi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.

Qarorga muvofiq, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini ixtiyoriy ravishda to‘lash tartibi joriy etiladi. Bunda to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qo‘shiladi.

Bu harakat joriy yil 1 avgustdan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?