Endi hokimlar va deputatlar ham jinoyatlar bilan bogʻliq vaziyatlarni har kuni tahlil qilib borishadi

22:35 10 Yanvar 2019 Jamiyat
491 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 yanvar kuni mamlakatimiz tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Prezidentimiz kelgusida hokimlar ham har kuni oʻz hududidagi jinoyatlar bilan bogʻliq vaziyatni shaxsan muhokama qilib borishi, shuningdek, joylardagi xalq deputatlari Kengashlari jinoyatlar bilan bogʻliq vaziyatni tahlil qilib, ularning kelib chiqish sabablari hamda shart-sharoitlarini bartaraf etishga oʻz hissasini qoʻshishi kerakligini taʼkidladi.

Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda kadrlar masalalari ham koʻrildi. Oʻz xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan koʻplab rahbarlar qatʼiy ogohlantirildi, ayrimlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Videoselektorda jamoat xavfsizligini taʼminlashga masʼul davlat organlari rahbarlarining hisobot va takliflari eshitildi.

 

 

Qonun ustuvor, adolat barqaror boʻlsa, jinoyatchilikka oʻrin qolmaydi

 

Prezident ichki ishlar organlari oldidagi muhim vazifalarni belgilab berdi

 

“Ishlaganni — ragʻbatlantirish, ishlamaganni — jazolash” tizimi sarhisob qilindi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?