Endi “Google soligʻi” toʻlovchilar qatoriga Huawei ham qoʻshildi

00:09 03 Iyun 2020 Jamiyat
195 0

Huawei kompaniyasi Oʻzbekistonda internet orqali koʻrsatilgan xizmatlar va sotilgan mahsulotlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.

Xabar berilishicha, Gonkongda roʻyxatdan oʻtgan Huawei Services Co., Limited kompaniyasi 1-iyun kuni Oʻzbekistonda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan.

Shu tariqa, Oʻzbekistonda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida roʻyxatga olingan xorijiy internet kompaniyalarning soni 14 taga yetdi.

Avvalroq «Yandeks» Oʻzbekistonda “Google soligʻi” toʻlaydigan kompaniyalar qatoriga qoʻshilgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?