Endi GM Uzbekistan avtomobillariga bron qilgan mijozlar 24 soat ichida toʻlovni amalga oshirishi lozim

11:24 23 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
868 0

GM Uzbekistan dilerda mavjud avtomobillarni bronlash (band qilish) muddatlari bir kungacha qisqarayotganini maʼlum qiladi. Endilikda Uzavtosavdo platformasi orqali avtomobilni bron qilgan mijoz 24 soat davomida uni xarid qilish uchun shartnoma imzolashi va/yoki toʻlovni amalga oshirishi lozim boʻladi. 

Bu haqda GM Uzbekistan Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Uzavtosavdo.uz platformasini optimallashtirish dilerlik markazlarida avtomobil xaridi jarayonida yuzaga kelayotgan soxta arizalardan tozalash maqsadida amalga oshirilmoqda. Avtomobil broni 1 kun saqlanadi. Ushbu muddat tugagach tanlangan avtomobil brondan olinadi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 7 noyabr kuni GM Uzbekistan avtomobillarini onlayn rejimda xarid qilish uchun Oʻzbekistonda birinchi toʻliq avtomatlashtirilgan Uzavtosavdo internet va mobil platformasi ishga tushirildi. Yangi platforma orqali xaridor mustaqil ravishda avtomobil modeli, modifikatsiyasi, rangi va hatto dilerlik markazini tanlashi hamda avtomobil uchun toʻliq yoki qisman toʻlovni amalga oshirishi mumkin. Buning uchun Uzavtosavdo ilovasini yuklab olish, Yagona identifikatsiya tizimida (One ID) roʻyxatdan oʻtish kifoya. Elektron raqamli imzo (ERI) boʻlgan taqdirda avtomobilni ilova orqali xorijda turib ham xarid qilish mumkin“, deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?