Endi avtomobilda yoʻlovchi va yuk tashish elektron rasmiylashtiriladi

09:51 07 Dekabr 2018 Jamiyat
633 0

2019 yil 1 apreldan boshlab litsenziya va litsenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Hukumat qarori bilan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, 2019 yil 1 apreldan boshlab litsenziya va litsenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi.

Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Bunda litsenziya talabgorining arizasiga koʻra umuman faoliyat turiga yoki uning qismlariga beriladi.

Yoʻlovchilarni tashish boʻyicha:

  • shaharda avtobuslarda;
  • shaharda mikroavtobuslarda;
  • shaharda yengil avtomobillarda;
  • shahar atrofida avtobuslarda;
  • shahar atrofida mikroavtobuslarda;
  • shahar atrofida yengil avtomobillarda;
  • shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda;
  • shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda;
  • shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda;
  • xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda;
  • xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda;
  • xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda.

Yuklarni tashishda:

  • avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida;
  • avtomobil transportida shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha;
  • avtomobil transportida xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha.

Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi - Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashishga oid, Agentlikning hududiy boshqarmalari esa shahar, shahar atrofi, shaharlararo yoʻlovchi va yuklarni tashishga oid litsenziya berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?