Endi ayrim oliy o‘quv yurtlariga test sinovlarsiz kirish mumkin bo‘ladi


Hukumat qarori bilan Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali ma’lum qildi.
Nizomga ko‘ra, kasbiy (ijodiy) imtihonlar fanlar xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy, og‘zaki shakllarda, har yili 25 iyuldan 10 avgustgacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladi.
Imtihon topshiriqlari umumiy o‘rta (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar (shu jumladan madaniyat, san’at, musiqa, sport va jismoniy tarbiyaga ixtisoslashtirilgan) ta’limi fanlarining o‘quv dasturlaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tuziladi.
Sport va jismoniy tarbiya fanlari bo‘yicha imtihon topshiriqlari tuzishda abituriyentlarning jinsi va yoshi jihatdan belgilangan me’yoriy talablar inobatga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar takliflari asosida har yili Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Imtihonlar (sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) kollegial tartibda qabul qilinadi va baholanadi.
Abituriyentlarning amaliy shaklda bajargan imtihon ishlarini tekshirish va baholash shifrlash orqali amalga oshiriladi.
Natijalar kasbiy imtihon o‘tkazilganidan keyin 1-3 kun muddatda ta’lim muassasasi veb-saytida e’lon qilinadi.
Bordi-yu abituriyentda o‘z natijalari bo‘yicha e’tiroz tug‘ilsa, apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Norozilik arizalari imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va komissiya tomonidan bir kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: