Endi 2 million 230 ming soʻm toʻlagan oʻquvchi va talabalar oʻqishga “bez forma“ borishi mumkinmi?(video)

16:08 09 Mart 2020 Jamiyat
931 0

Arxiv foto

“Mening yurtim” telekanalida efirga uzatiladigan “Markaziy studiya” informatsion dasturining navbatdagi sonida ushbu savolga quyidagicha javob berildi.

“Endi taʼlim muassassiga oʻquvchilar maktab formasida borishlari shart boʻlmaydi. Faqat maʼlum miqdordagi pulni toʻlashlariga toʻgʻri keladi.

- Ie, shunaqasi ham boʻlarkanmi deyayotgan hamyurtlarimiz bor, albatta”, deya boshlovchilarning oʻzlari ham hayron qoladi.

Qayd etilishicha, 2 million 230 ming soʻm toʻlagan talabalar bir yil mobaynida oʻqishga formasiz kelish litsenziyasini oladi va oʻzlari xohlagan kiyimni kiyib kelishlari mumkin boʻlar ekan.

Haqiqatan ham shundaymi? Masʼul vazirlik va idoralarning rasmiy munosabatini kutib qolamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?