Emomali Rahmon: Markaziy Osiyo qurg‘oqchilik mavsumini boshidan kechiryapti

Markaziy Osiyo yog‘ingarchilik kam bo‘lganligi oqibatida qurg‘oqchilik mavsumini boshidan kechiryapti.
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Dushanbeda 20 iyun kuni boshlangan “Suv 2018-2028 yillarda barqaror rivojlanish uchun” mavzusida xalqaro konferensiyada xuddi shunday fikrlarni bildirdi.
“Mavsumiy yog‘ingarchilik miqdori kamligi oqibatida mintaqa mamlakatlari suvsizlikka duch kelib turibdi – daryolarga suv kelishi oqimi o‘rtacha yillik ko‘rsatkichdan ancha kam, bashoratlar esa vegetatsiya mavsumida daryolarning suvga to‘lishi me’yorning atigi 60-70 foizi hajmida bo‘lishini ko‘rsatmoqda”, - dedi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, yuzaga kelgan vaziyat shunga o‘xshash mintaqaviy muammolarni hal etish va “sermahsul hamkorlik” uchun Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlarining lozim darajadagi hamkorligi va mustahkam muvofiqligini talab qiladi.
Tojikiston Prezidenti iqlim o‘zgarishlarining tabiatga va Tojikiston va Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-iqtisodiy holatga ta’siri kuchayib borayotganiga ham e’tibor qaratdi:
“Ko‘p yillik kuzatuvlarga ko‘ra, oxirgi 60 yil davomida Tojikistonda havoning o‘rtacha yillik harorati Selsiy bo‘yicha bir darajaga ortgan, tabiiy gidrometeorologik hodisalarning ro‘y berish oralig‘i va jadalligi ko‘paygan. Shu omillar ta’sirida Tojikistonda toshqin, suv bosishi, sel, qor ko‘chishi va o‘pirilishlar ko‘rinishidagi tabiiy ofatlar har yili aholi va mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy ziyon yetkazmoqda. Bundan tashqari, oxirgi bir necha o‘n yilliklar mobaynida biz deyarli 1000 ta kichik va katta muzliklarni boy berdik”.
Anjuman BMT homiyligi ostida bo‘lib o‘tayapti. Tadbir ishtirokchilari orasida – Pokiston va Turkmaniston Prezidentlari Mamun Husayni va Gurbanguli Berdimuhamedov, Afg‘oniston ijroiya hokimiyatining rahbari Abdullo Abdullo ham bor. Konferensiya 22 iyungacha davom etadi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: