Elyor Gʻaniyev va Ozodbek Nazarbekov vazir lavozimiga maʼqullandi

18:04 22 Yanvar 2020 Siyosat
864 0

Bugun, 22-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan taqdim etilgan yangi hukumat uchun nomzodlar maʼqullandi.

Unga koʻra, Ozodbek Nazarbekov nomzodi Madaniyat vaziri lavozimiga maʼqullangan. Bundan tashqari Elyor Gʻaniyev Ochilboy Ramatov oʻrniga transport vaziri lavozimiga maʼqullangan.

Endilikda maʼqullangan nomzodlar Prezident farmoniga tasdiqlanadi.

Maʼlumot uchun, 2017-yil avgustidan buyon Madaniyat vaziri sifatida ishlab kelgan Baxtiyor Sayfullayev Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi etib saylangach, hukumatni tark etishi maʼlum boʻlgandi.

Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2017-yilning iyunida “Yoshlar” telekanali direktori etib tayinlangan, bu lavozimda bir oy ishlagach, lavozimini tark etib telekanalda bosh prodyuser sifatida faoliyatini davom ettirgan, 2017-yilning avgustida esa madaniyat vaziriga oʻrinbosar boʻlgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?