Mirazizbekdan keyin Elnur ham finalda raqibini magʻlub etib, oltin medal sohibi boʻldi

22:50 11 Mart 2020 Sport
256 0

Tokio-2020 ishtirokchisiga aylangan bokschimiz Elnur Abduraimov (-63 kg) Iordaniyaning Amman shahrida yakunlanib borayotgan litsenzion turnir finalidagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz final jangini qozogʻistonlik Zakir Safiullinga qarshi oʻtkazdi.

Keskin va murosasiz kurashlarga boy boʻlgan mazkur final jangi turnirning eng yorqin janglaridan biri boʻldi, deyish mumkin. Quvonarlisi, bellashuv hamyurtimizning gʻalabasi bilan yakunlandi va bokschimiz turnirning oltin medaliga sazovor boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, bundan oldin -57 kilogramm vazn toifasi final bahsida iordaniyalik Muhammad Alvadiga qarshi bahs olib borgan Mirazizbek Mirzaxalilov oʻzining tezkor va aniq zarbalari bilan ajralib turdi va yakunda gʻalaba qozondi.
Bugungi dastur davomida musobaqaning eng soʻnggi jangida oltin medal uchun bahs olib boradigan vakilimiz Bahodir Jalolovni (+91 kg) avstraliyalik Yustis Xuniga qarshi jang kutib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?