Ellikqalʼada “Matiz” yonib ketdi

11:32 13 May 2019 Jamiyat
519 0

10 may kuni soat 10:03da Ellikqalʼa tumani, Guliston OFY hududida yashovchi D.J ga tegishli “Matiz” avtomashinasi oʻz-oʻzidan yonib ketgan.

Yongʻin natijasida mashinaning motor, salon, eshiklari hamda salon ichidagi hujjatlarga zarar yetgan. Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 6 daqiqada oʻt oʻchirilgan.

“Matiz“ning yonib ketishiga elektr simlarining qizib ketishi sabab sifatida koʻrsatilmoqda. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.

“Matiz” tutab, yona boshlaganda atrofdagi odamlar telefonda videoga olish bilan mashgʻul boʻlgan. Hech kim “101”ga oʻz vaqtida xabar bermagan. Agar oʻz vaqtida xabar berilganida talafot unchalik katta boʻlmas edi. Sababi, YOXB 1 km.ga yetmaydigan masofada boʻlgan. Odamlar esa yongʻin haqida xabar berish oʻrniga videoga olib turavergani sababli zarar miqdori kattalashib ketgan”, deydi QR YOXB katta muhandisi, leytenant A.Abdirahmonov KRuz.uz saytiga bergan intervyusida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?