Ellikqalʼa tumanida 500 gektar uzumzor barpo etiladi

17:22 16 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
718 0

Ellikqalʼa tumaniga loyiha quvvati 100 mlrd. soʻm boʻlgan uzumzor barpo etishga kirishildi. Tuman hokimligi maʼlumotiga koʻra, uzumzor Tuproqqalʼa MFY hududida “Ellikqalʼa saxovati“ MCHJning “Uzumchilikni rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Loyiha ishga tushgach, bu yerda 12 ming tonna uzum qayta ishlanadi. Quritilgan uzum, vino va konyak mahsulotlari ishlab chiqiladi. Xom ashyo sifatida olinadigan uzum esa shu yerdan 500 gektar maydonda ayni kunlarda ekish boshlangan uzumzordan olinadi. Loyiha toʻla amalga oshgach 800 ta yangi ish oʻrini yaratiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?