Elektron tijorat va raqamli sektorga investitsiya kiritish uchun eng yaxshi davlatlar reytingi eʼlon qilindi. Unda Oʻzbekiston qanday oʻrinni oldi?

16:45 11 Fevral 2020 Iqtisodiyot
196 0

Illyustrativ surat

“CEOWORLD” jurnali tomonidan Elektron tijorat va raqamli sektorga investitsiya kiritish uchun eng yaxshi davlatlarning navbatdagi reytingi eʼlon qildi.

128 mamlakat jalb qilingan mazkur reytingda Oʻzbekiston 98 oʻrinni egalladi.

AQSH elektron tijorat va raqamli sektorga sarmoya kiritish uchun dunyodagi eng yaxshi mamlakat deb topildi. Ikkinchi oʻrinni Xitoy, uchinchi oʻrinni esa Yaponiya band etdi.

Kuchli oʻntalikka, shuningdek, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Fransiya, Janubiy Koreya, Kanada va Birlashgan Arab Amirliklari kiritilgan.

Reytingning oxirgi pogʻonasida esa Suriya davlati qayd etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?