Elektrobus poyxtaxt yoʻllariga chiqdi

11:43 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
55 0

Toshshahartransxizmat AJ va ”Belarusning “Belkommunmash” kompaniyasi oʻrtasidagi oʻzaro memorandumga asosan poytaxt jamoat transporti harakat tarkibida elektrobuslarni sinov tariqasida yurgizish maqsadida bir dona ana shu turdagi transport vositasi Toshkent shahriga keltirilgan edi.

Yaqinda Ushbu transport vositasi bugun poytaxt yoʻllariga olib chiqildi. Uning birinchi yoʻlovchilari jamiyat rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari boʻldi. Elektrobus qatnovi shahar markazida amalga oshiriladi.

Elektrobusning texnik imkoniyatlarini oʻrganish, shunga muvofiq biriktiriladigan yoʻnalishni belgilash maqsadida belorus hamda jamiyat mutaxassislari ilk kuzatuvni amalga oshirdilar.

E420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobus bir martalik quvvat bilan 20-25 kilometr atrofida masofa bosib oʻtadi. Quvvat olish vaqti esa 6-8 daqiqaga teng. Oʻrtacha 90 ta yoʻlovchi olib yurish imkoniyatiga ega.

Elektrobus kelasi hafta yoʻlovchilarga xizmat qila boshlaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?