Elektr energiyasi taʼminoti uchun yangi texnikalar

17:03 09 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
474 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash eng muhim hamda hayotiy ehtiyojga aylangan. Binobarin, bu xalqni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolardan sanaladi. Shu bois keyingi paytda mamlakatimizda mazkur masalaga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Mutasaddi tashkilotlar zimmasiga yanada masʼuliyatli vazifalar yuklanmoqda. Xususan, Prezidentimizning “2017 — 2021 yillarda past kuchlanishli tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangilash dasturi toʻgʻrisida”gi qarori hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasidagi ishlar koʻlami tobora kengayyapti.
Shundan kelib chiqib, “Oʻzbekenergo” AJ tomonidan burgʻilash, yuk koʻtarish va tashishga moʻljallangan 40 ta zamonaviy texnika xarid qilinib, bosqichma-bosqich hududlarga yetkazib berilmoqda.
“BM-205D” rusumli ushbu texnikaning navbatdagi 15 tasi viloyatlarga joʻnatildi. Ushbu mashina burgʻilash, aloqa hamda elektr uzatkich tarmoqlari uchun tayanchlarni oʻrnatish, shuningdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini taʼmirlash, quyma materiallarni yaqin masofalarga tashishda ishlatiladi.
Texnikaning pastki qismida gidravlik tarzda burgʻilashning mavjudligi va aylanish tezligining avtomatik boshqarilishi ishni tezkor bajarish imkonini beradi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, jamiyat tomonidan oʻtgan yili Davlat dasturlari asosida mamlakatimiz boʻyicha 7229,6 kilometr elektr uzatish tarmoqlari hamda 2498 ta transformator punkti rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan.

Foto: Hasan Paydoyev/ “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev/ “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev/ “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev/ “Xalq soʻzi”

 

Foto: Hasan Paydoyev/ “Xalq soʻzi”

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?