Eldor Shomurodov safga qaytdi, u «Udineze»ga qarshi oʻyinda maydonga tushishi mumkin

17:44 17 Noyabr 2020 Sport
217 0

Italiyaning "Jenoa" klubi jarohat olgan bir necha futbolchilar qatorida oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov ham safga qaytganini xabar qildi.

“Eldor jarohatidan forigʻ boʻlib, safga qaytdi. Bu esa ”Udineze"ga qarshi oʻyinda jamoamiz hujum chizigʻida variantlar koʻpayganidan darak beradi", - deyiladi klub rasmiy saytidagi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, "Udineze“  — ”Jenoa" uchrashuvi 22-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?